Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Mirziyoyev Japarov bilan ham telefon orqali gaplashdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yetakchilar yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilagan.

Oliy darajadagi kelishuvlarni, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Transport-tranzit va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo - YeI” sammiti va Iqlim forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida to‘xtalishgan.

Qayd etish joiz, bugun, 18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev  Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham telefon orqali muloqot qilgan edi.

Ma’lumot uchun,  3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Yevropa Kengashi raisi Antonio Koshta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ushbu sammitda qatnashish uchun O‘zbekistonga keladi. Tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov Markaziy Osiyo - EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing