Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan ham qo‘ng‘iroqlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 mart kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan. 

“Oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini, jadal madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yetakchilar mart oyi oxirida Tojikistonda bo‘lajak uch tomonlama uchrashuvga hamda joriy yil aprel-may oylarida mamlakatimizda o‘tadigan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 mart kuni Shavkat Mirziyoyev  Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan ham telefon orqali muloqot qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing