Mirziyoyev Albaniya rahbari bilan ham uchrashdi
Olam
−
24 Sentabr 2770 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning oliy darajadagi haftaligi tadbirlarida ishtirok etish doirasida Albaniya Prezidenti Bayram Begay bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini yaratish orqali sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirilgan.
Savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, agrar va oziq-ovqat sanoati, transport va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev AQSH rahbari Donald Tramp, Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Live
Barchasi