Mirziyoyev AQSH kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" va boshqa ko‘plab korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlat rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investitsion va innovatsion hamkorlik istiqbollariga, strategik ahamiyatga ega materiallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘zlarining aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan BRICS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing