Mirziyoyev Hindiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vazir Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deb yozdi Prezident matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, Hindistondagi diniy yig‘indagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 120 dan ortgan. Marosimda o‘n minglab odamlar voiz Bhole Babani tinglash uchun to‘plangan. Politsiya hisobotiga ko‘ra, ruxsat etilgan sig‘im 80 mingga yaqin bo‘lgan bo‘lsa ham, yig‘inda 250 mingga yaqin odam qatnashgan. Olomon ketayotgan voizning orqasidan yugurib, unga teginishga uringan. Ularning ko‘pi loyga botib, yerga yiqilib tushgan, oqibatda oyoqlar ostida qolib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing