Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatidagi Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etgan.

Akmaljon Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga ayni kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sultonov Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li nomzodini tavsiya etgan.

Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyatida Shahrisabz shahri va Qarshi tumani hokimlari tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo hokim Mirzaobod Sarvar Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing