Mirazizbek Mirzahalilov ham Tokio olimpiadasiga litsenziyani qo‘lga kiritdi

Sport

image

Iordaniyada o‘tgan boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion turnirining kechki dasturi o‘zbekistonlik Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) chorak final jangini o‘tkazdi.

Mirzahalilov yarim final yo‘lida gongkonglik Sing Yu Soni mag‘lub etib, Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini yo‘lga kiritdi. 

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yigirmanchi yo‘llanmasi bo‘lgan.

Kechki dastur doirasida ringga ko‘tarilgan qizlar Tursunoy Rahimova(-51 kg) va Rayhona Qodirova (-60 kg) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Biroq Rahimovaning vazn toifasida 6 ta yo‘llanma o‘ynalishi uning litsenziya uchun kurashish imkoniyati mavjudligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval bokschilar Sanjar Tursunov, Bobousmon Baturov, Bahodir Jalolov, Shahobiddin Zoirov, Elnur Abduraimov Tokio olimpiadasiga litsenziyani qo‘lga kiritgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Mirazizbek Mirzahalilov

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing