Mirazizbek ilk jangini g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskor bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda.

Bugun, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston boks terma jamoasining 57 kilogramm vazn toifasidagi vakili Mirazizbek Mirzaxalilov bugun, ikkinchi bosqichdan turnirga qo‘shildi. va braziliyalik Duglas de Andradega qarshi ringga ko‘tarilib, uch raundlik jang natijalariga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, bugun yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. 81 kilogramm vaznda Dilshodbek Ro‘zmetov kongolik Pita Kabeji Peterga qarshi hamda 91 kilogramm vaznda Sanjar Tursunov braziliyalik Abner Teysheyra bilan jang olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

bokschi jang

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing