Milliy terma jamoa uchun charter reys yo‘lga qo‘yiladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashi doirasidagi keyingi 2 ta o‘yini uchun Doha - Ventyan - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reys tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy jamoa keyingi uchrashuvlarni 14 noyabr kuni Qatarda mezbonlarga qarshi hamda 19 noyabr kuni Laosda Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkazadi. Mehmondagi ikkita o‘yinda jamoaga qulaylik yaratish maqsadida O‘FA tomonidan reja asosida maxsus reys yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, saralashning ortda qolgan 4 ta turidan keyin O‘zbekiston 10 ochko bilan o‘z guruhida 2-o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega Eron esa 1-o‘rinni band etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari keskin oshgani xabar qilingandi.

Hozirda Srechko Katanets shogirdlarining mundialga chiqish imkoniyati 93,1 foizni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati charter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made