Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi bo‘shashga ariza yozdi

Olam

image

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Danilyuk o‘z iste’fo arizasini taqdim etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr Danilyuk Vladimir Zelenskiyning AQSHga ishchi tashrifi boshlanishidan oldin BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etish uchun Ukraina Prezidentiga tegishli bayonot yozgan. 

Idoraning ta’kidlashicha, Zelenskiy ushbu bayonotni Kiyevga qaytganida ko‘rib chiqadi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Danilyuk Ukrainaning Buyuk Britaniya yoki AQSHdagi elchisi lavozimini egallashni rejalashtirmoqda.

Danilyuk shu yilning 28 maydan beri Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining kotibi lavozimiga tayinlangan edi. U 2016-2018 yillarda Ukraina Moliya vaziri bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Milliy xavfsizlik Danilyuk

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing