Milliy gvardiya va IIOning vakolati kengaytirilmoqda
Jamiyat
−
11 Oktabr 2023
10787Endilikda, ichki ishlar organlari huzuridagi ommaviy tadbirlarni nazorat qilish komissiyalari faoliyati tashkil etiladi, ularning tarkibi, maqomi va vakolatlari belgilanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi.
Hujjatga muvofiq, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning ilgari tasdiqlangan qoidalariga, jumladan, ommaviy tadbirlarning maqomini belgilash hamda ularni alohida, birinchi va ikkinchi toifadagi tadbirlarga ajratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, ommaviy tadbirlar ularning ahamiyati, ko‘lami va ular o‘tkaziladigan hududiga qarab toifalarga ajratiladi.
Masalan, Yangi yil, Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti va boshqa bayramlar, ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish, futbol bo‘yicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar alohida toifadagi ommaviy tadbirlar jumlasiga kiritiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash ichki ishlar organlariga, birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish esa Milliy gvardiya zimmasiga yuklanadi.
LiveBarchasi