Milliy gvardiyaning qöriqlaş faoliyatiga oid vakolatlari kengaytiriladi

O‘zbekiston

−

visibility2136 timer2 daqiqa

image

Milliy gvardiyaning qöriqlaş faoliyatiga oid vakolatlarini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 26 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan qöriqlaş xizmatlari sifati va qamrovi darajasini oşiriş yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, sohada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Milliy gvardiyaning qöriqlaş faoliyatiga oid vakolatlarini kengaytiriş masalasi ham körib çiqilgan.

Xususan, Milliy gvardiya tomonidan qöriqlanişi mumkin bölgan ob’ektlar turlarini 13 tadan 24 taga yetkaziş, jismoniy va texnik qöriqlaş, tansoqçilik hamda turli tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş böyiça xizmatlar körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş taklif qilingan.

Şu bilan birga, majburiy tartibda qöriqlanişi lozim bölgan ob’ektlar toifalarini qonunçilikda belgilaş, idoraviy qöriqlaş bölinmalarining huquq-tartibot organlari bilan özaro hamkorligi tartibini takomillaştiriş nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan çora-tadbirlar natijasida 2027 yilda qöriqlaşga olingan ob’ektlar sonini 600 mingtaga, tezkor harakatlanuvçi guruhlar sonini 800 taga yetkaziş, qöşimça 1,5 mingta mahallada patrullik xizmatini taşkil etiş maqsadida qöriqlaş xizmati xodimlari sonini 8 mingtaga oşiriş maqsad qilingan.

Davlat rahbari qöriqlaş tizimini takomillaştirişda, avvalo, inson manfaatlari, aholining osoyiştaligi va mol-mulki daxlsizligini ta’minlaş ustuvor vazifa bölişi lozimligini ta’kidlagan.

Mutasaddilarga aholi uçun sifatli va hamyonbop xizmatlarni yölga qöyiş hamda mas’ul idoralarning xalq va davlat manfaatlaridan kelib çiqib, hamjihatlikda işlaşini ta’minlaş böyiça topşiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing