Milliy gvardiya xodimlariga metall tayoq ishlatishga ruxsat berilmoqda
Jamiyat
−
21 noyabr 2023
6422O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 18 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida” O‘RQ-647-sonli qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unga ko‘ra, endilikda Milliy gvardiya xodimlari oddiy tayoqlar bilan birga maxsus tayoqlarni ham ishlatishi mumkin.
Unga ko‘ra, amaldagi qonunning 5 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Xususan, 3-moddaning ikkinchi qismida keltirilgan Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari tahrirlandi, 6-modda to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirildi, 15-moddaning to‘rtinchi qismidagi “qonun” so‘zi “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirildi, 26-modda birinchi qismining yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilari chiqarib tashlandi.
Shuningdek, 30-moddaning ikkinchi qismi “a” kichik bandidagi va beshinchi qismidagi “rezina” so‘zi “rezina va maxsus” so‘zlari bilan almashtirildi. Shunga asosan endi Milliy gvardiya xodimlari nafaqat rezina tayoqlardan, baki maxsus tayoqlardan ham foydalanishi mumkin.
Bu turdagi maxsus tayoqlar yig‘ib olib yurish imkoniyatining mavjudligi hamda metalldan yasalgani bilan ajralib turadi. Tartibbuzarlarni ushlab, olib ketish va zarur bo‘lganda mashina oynalarini sindirish uchun ishlatiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu qonun loyihasi 20 noyabrda portalga muhokama uchun joylashtirilgan bo‘lib, 5 dekabrdan boshlab rasman kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun Milliy gvardiyaga ma’muriy bayonnoma to‘ldirish va jarima belgilash vakolati berilgandi.
LiveBarchasi