Milliy bog‘da 4 yoshli qizaloq cho‘kib, vafot etdi
3-sahifa
−
12:37 2392 2 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Milliy bog‘ sayilgohi hududidagi tashkil etilgan cho‘milish sohilida 4 yoshli qiz cho‘kib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan, Bosh prokuraturaning matbuot xizmatining rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 5 avgust kuni soat taxminan 16:30 da sodir bo‘lgan. aynan o‘sha vaqtda Tez tibbiy yordam markazi orqali 102 tizimiga ham chaqiruv kelib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1967 yilda tug‘ilgan ayol 4 va 8 yoshli ikkita nabirasi bilan cho‘milish maqsadida Milliy bog‘ sayilgohi hududiga borgan. Cho‘milish jarayonida esa 4 yoshli qizaloq suvga cho‘kib ketgan.
Tez tibbiy yordam markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa joyiga yetib borgan tibbiyot xodimlari tomonidan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq, qizaloqning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan va u voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, qizchaning tanasida hech qanday tan jarohati alomatlari aniqlanmagan.
Bildirilishicha, bir qator organlar, jumladan, Tergov tezkor guruhi, prokuratura, Sud tibbiy ekspertiza byurosi xodimlari tomonidan qizning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida cho‘milish maqsadida Bo‘zsuv kanaliga borgan 16 yoshli bola cho‘kib ketgandi.
Live
Barchasi