Chorvoqda cho‘kib ketganlardan ikkinchisining ham jasadi topildi
3-sahifa
−
12:48 2403 2 daqiqa
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Burchmulla” MFY hududidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarolardan ikkinchisining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Avvalroq, cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illardan birining jasadi topilgan edi.
Qayd etilishicha, bugun, 10 sentyabr kuni soat 12:07 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarolardan ikkinchisining jasadini topgan.
O‘zi nima bo‘lgan edi?
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan bir oila katerda suv bo‘ylab sayr qilgan va suratga tushish maqsadida cho‘milish taqiqlangan hududda to‘xtagan. Keyinchalik ular shu joyning o‘zida cho‘milishga qaror qilgan. Aytilishicha, cho‘milish vaqtida ular qutqaruv nimchalaridan foydalanmagan. Katerni boshqarib kelgan haydovchi fuqarolarga suvga tushishdan avval qutqaruv nimchalarini kiyishni tavsiya qilgan, biroq uning tavsiyasiga rioya qilinmagan.
Suvga tushgan birinchi bola oyog‘ining tomiri tortib qolgan. Shundan so‘ng otasi uni qutqarish uchun suvga tushgan. Keyin yana bir o‘g‘il suvga kirgan. Shu tariqa ota va uning ikki o‘g‘li ketma-ket cho‘kib ketgan. Shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan hududda shamol bo‘lib turgan, suvda ozgina to‘lqin hosil bo‘lgan. O‘sha jarayonda cho‘kish holati yuz bergan. Hodisa vaqtida katerda ayol va yana ularning bir singlisi ham bo‘lgan. Ular atrofdagilardan yordam so‘ragan. Kater haydovchisi ham suvga tushib, ularni qutqarishga uringan, biroq buning imkoni bo‘lmagan.
Live
Barchasi