Turkmanistonliklarga koronavirusga qarshi oksolin mazi tarqatildi
Olam
−
02 aprel 2020
14195Turkmaniston hukumati shifokorlarga va o‘rta tibbiyot xodimlariga koronavirus va boshqa nafas olish yo‘llari infeksiyalari tarqalishining oldini olish uchun aholiga oksolinik mazini tarqatishni buyurdi. Bu haqda bugun, 2 aprel kuni "Regnum" agentligi xabar bermoqda.
Ba’zi joylarda tibbiyot xodimlari oksolinli malhamni o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olishga majbur bo‘lsa, ba’zilarida bir necha ming mahalliy aholiga atigi bitta flakon maz berilgan.
Hukumatning bu buyrug‘idan so‘ng, Turkmanistonda oksolinli malham narxi darhol 4,5 barobarga ko‘tarildi. Hozirda mamlakat dorixonalarida ushbu malhamning narxi 10 dollardan 45 dollargacha ko‘tarilgan.
Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya sifatida e’lon qilganidan so‘ng, turkman dorixonalarida antiseptik gellar, bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplar va tibbiy niqoblar yetishmovchiligi paydo bo‘ldi, spirtning narxi 7 dollardan 20 dollarga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston hukumati mamlakatda "koronavirus" so‘zini ishlatishni taqiqlagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi