Turkmaniston koronavirusga qarshi kurashning mutlaqo yangi yo‘lini topdi
Jamiyat
−
31 mart 2020
79513Turkmaniston hukumati pandemiya bilan bog‘liq ma’lumotlarni yashirish uchun “koronavirus” so‘zini ishlatishni taqiqladi va kundalik iste’moldan chiqarib tashladi. Bu haqda Reporters Without Borders tashkiloti ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda OAVga e’lonlarda “koronavirus” so‘zini ishlatish taqiqlangan. So‘z shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab, shifoxona va ishxonalarga yuborayotgan yo‘riqnomalardan ham chiqarib tashlangan.
Shu bilan birga, ko‘chada niqob taqib yurgan va pandemiya haqida gapirganlar ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinishi mumkin.
Avvalroq, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishi vaqtida koronavirusga qarshi xalq tabobatini qo‘llash kerakligi haqida gapirgandi. Xususan, u isiriqdan foydalanish samarali ekanini ta’kidlagandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan. Dunyoda esa ushbu virusga chalinganlar soni 800 mingdan oshib ketdi. Qurbonlar 30 mingdan ortiq.
LiveBarchasi