“Milliarderlarga Yerda joy yo‘q”. Bezosning kosmosdan qaytmasligi talab qilinmoqda

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20 iyulida “Amazon” asoschisi, sayyoramizning eng boy odami Jeff Bezos o‘zining “Blue Origin” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “New Shepard” raketasida kosmik parvozni amalga oshirishi rejalashtirilgan.  

Change.org saytida deyarli 80 ming kishi Jeff Bezosni kosmik parvozdan qaytmasligini talab qilgan petitsiyani imzoladi.  

“Milliarderlar Yerda ham, kosmosda ham bo‘lmasligi kerak, ammo agar ular oxirgi variantni tanlasalar, u holda o‘sha yerda qolsinlar”, deb yozgan muallif. 

Eslatib o‘tamiz, Jeff Bezosning “Blue Origin” kosmik kompaniyasi “New Shepard” fazo kemasida uchish chiptasini auksionda 28 mln dollarga sotgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, fazoga parvoz Bezosning bolalik orzusi. U o‘zining Instagram sahifasida 5 yoshidan beri kosmosga uchishni orzu qilishini aytgan. Ushbu orzu unga har qadamda hamrohlik qilmoqda: 2000 yilda milliarder Texasdagi ko‘chmas mulkidan joy ajratib, “Blue Origin” xususiy kosmik kompaniyasiga asos solgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bezos kosmos

Baholaganlar

640

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing