Google va SpaceX kosmosda ma’lumotlar markazi qurmochi
Olam
−
08:54 440 1 daqiqa
Google Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi va boshqa hamkorlar bilan “Project Suncatcher” nomli orbital ma’lumotlar markazi loyihasi doirasida kelajakdagi parvozlar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Loyiha quyosh energiyasida ishlaydigan sun’iy yo‘ldoshlarni Google’ning sun’iy intellekt tizimi bilan bog‘lashni ko‘zda tutadi. Kompaniya Planet Labs bilan hamkorlikda ilk sinov sun’iy yo‘ldoshini 2027 yilda orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda.
Google va SpaceX o‘rtasidagi ehtimoliy hamkorlik Ilon Mask hamda Google asoschilaridan biri Larri Peyj o‘rtasidagi uzoq yillik kelishmovchiliklardan keyingi muhim voqea sifatida baholanmoqda. Mask 2015 yilda sun’iy intellekt xavfsizligi borasidagi tortishuvlardan so‘ng Open AI’ni ishlab chiqishda ishtirok etgan. Endilikda esa Google va SpaceX ma’lumotlarni qayta ishlash infratuzilmasini kosmosga olib chiqish bo‘yicha bir xil yo‘nalishda ish olib bormoqda.
Xabarga ko‘ra, orbital ma’lumotlar markazlari SpaceX’ning kelajakdagi biznes rejalari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday loyihalar katta miqdordagi investitsiya va murakkab texnologik yechimlarni talab qilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning orbitadagi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari soni 10 mingdan oshgani haqida xabar berilgan edi.
Zarnigor Xudoyberdiyeva
Live
Barchasi