Google rahbariyati Özbekistonda Google Pay işga tuşirilganiga munosabat bildirdi

Texnologiya

−

image

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat organlari bilan aloqalar va davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlar bilan işlaş sohasida amalga oşirilgan islohotlar global texnologiyalarning mamlakat bozoriga kirişi uçun yangi imkoniyatlar oçganini bildirdi. Bu haqda u özining LinkedIn sahifasida yozib qoldirdi.

Doron Avnining bildirişiça, joriy yil boşida Özbekiston şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş sohasidagi yondaşuvini yangilagan. Ma’lumotlarni qat’iy lokalizatsiya qiliş örniga, moslaşuvçan va muvozanatli yondaşuv tanlangan. Uning fikriça, bu özgarişlarning amaliy natijasi ham köp kuttirmadi – Google Pay Özbekistonda işga tuşdi.

“Hukumatlar oldindan tuşunarli va global tizimlar bilan özaro işlay oladigan qoidalarni yaratsa, global texnologiyalar ham tez kirib keladi”, deb yozdi u.

Doron Avni öz postida Google Pay’ning Özbekistonda işga tuşirilişi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatga taşrifi va Samarqanddagi C5+1 vazirlar sammiti davomida e’lon qilinganiga ham urğu bergan. Uning ta’kidlaşiça, bu Özbekiston va AQŞning raqamli modernizatsiyani jadallaştiriş borasidagi umumiy intilişini körsatadi.

“Özbekiston pragmatik siyosat orqali yangi imkoniyatlarga yöl oçiş mumkinligini amalda körsatmoqda”, deb yozdi Google vitse-prezidenti.

Ma’lumot uçun, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva joriy yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uçraşib, texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan edi. 

“Biz sönggi yillarda şaxsga doir ma’lumotlarni qayta işlaş va raqamli tölovlar sohasidagi qonunçilikni takomillaştirdik. Buning natijasida Özbekistonda xalqaro tölov tizimlaridan erkin foydalaniş uçun keng yöl oçilmoqda”, degan edi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 27 oktyabr kuni Özbekistonda Google Pay hamda Apple Pay tizimi tölaqonli işga tuşgani e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing