Milliarderlar cho‘kib ketgan yaxta suv tagidan olib chiqiladi
Olam
−
30 aprel 16222 1 daqiqa
Bugun, 30 aprel kuni italiyalik qutqaruvchilar Bayesian superyaxtasini ko‘tarish bo‘yicha operatsiya o‘tkazadi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qutqaruv ishlarining narxi 30 million dollarga baholanmoqda.
Yaxta britaniyalik milliarder Maykl Linchga tegishli bo‘lib, 2024 yil 19 avgustda halokatga uchragan. O‘sha paytda bortda 22 kishi bo‘lgan. Halok bo‘lgan yetti kishi orasida Maykl Linchning o‘zi, uning 18 yoshli qizi Xanna va Morgan Stanley International raisi Jonatan Blumer ham bo‘lgan.
Yaxta qoldiqlari Italiya hukumati nazorati ostida bo‘lgan Porticello ko‘rfazida 50 metr chuqurlikda joylashgan. Mutaxassislar yaxtani ko‘tarib olish operatsiyasi juda qiyin bo‘lishini kutmoqda.
O‘tgan yilning avgust oyida Sitsiliya prokuraturasi kema halokati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.
Qayd etilishicha, yaxta qirg‘oqqa olib chiqilganidan keyin sud-tibbiyot ekspertizasi lyuklardan biri ochiq bo‘lgan yoki bo‘lmaganini aniqlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasining shimoli-g‘arbida joylashgan hududda bortida qariyb 500 kishi bo‘lgan kemada yong‘in chiqishi oqibatida kamida 148 kishi halok bo‘lgan, yana 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan edi.
Live
Barchasi