“Milan” ikki futbolchiga ko‘z tikdi

Sport

image

Milan shahri klubi qishki transferlar oynasida Markus Reshford va Dani Olmoni qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda “Corriere della Sera” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “rossonerilar” avvalo “Manchester Yunayted” va Reshford o‘rtasidagi vaziyatni kuzatmoqchi. Agar Markus jamoadan ketadigan bo‘lsa, klub uni darhol qo‘lga kiritishga harakat qiladi. 

Shuningdek, “Milan” “Barselona” Olmoni ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan taqdirda, futbolchini Kataloniyaga qaytish sharti bilan xarid qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Markus Reshford ketma-ket 6 ta o‘yinda “mankunianliklar” qaydnomasiga kiritilmayapti. Bu ish davom etaversa, angliyalik futbolchi klubdan ketishi ehtimoldan yiroq emas. “Barselona” ham ayni damga kelib, Dani Olmoni La Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmayapti. Klub ikki marta Ispaniya futbol federatsiyasi va La Liga rahbariyatidan rad javobini oldi.

Markus Reshfordning narxi “Transfermarkt” portalida 55 million yevroga baholangan. Dani Olmoning qiymati 60 million yevro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmoni “Real” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Markus Reshford Dani Ol'mo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing