Migrantlarning Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari ko‘paydi
Olam
−
17 dekabr 2021 4725 1 daqiqa
Joriy yilning uchinchi choragida Rossiyadan MDH davlatlariga pul o‘tkazmalari bo‘yicha olti yillik rekord yangilandi. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
Rossiya Bankining ma’lumotlariga ko‘ra, iyul-sentyabr oylarida Rossiyadan MDH mamlakatlariga to‘lov tizimlari orqali transchegaraviy o‘tkazmalar 2,29 milliard dollarga yetdi. Bu so‘nggi olti yildagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, mablag‘lar hajmi faqat 2015 yilning ikkinchi choragida ko‘proq bo‘lgan – 2,31 milliard dollar.
Qabul qiluvchilar orasida Rossiya Federatsiyasidan 1,01 milliard dollar (o‘sish 34,9 foiz) o‘tkazilgan O‘zbekiston yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston — 0,53 milliard dollar (25,5 foiz) va Qirg‘iziston — 0,43 milliard dollar (21,7 foiz) egalladi.
O‘sish sabablaridan biri MDH davlatlaridan migrantlar oqimining ko‘payishi, birinchi navbatda, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda ishchi kuchi taqchilligini to‘ldirish uchun O‘zbekiston va Tojikistondan ishchi kuchining tashkiliy olib kelinishi hisobiga bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr