“Migrantlar oilasi bilan kelmasin”. Rossiyada yangi taqiq kuchga kirishi mumkin

Jamiyat

image

Rossiyaga ishlash uchun borayotgan shaxslarga oilasi, xotini, bolalari yoki ota-onasini olib borish ta’qiqlanishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyevga tayanib, “News.ru” xabar berdi

Mixail Matveyevning bildirishicha, mamlakatga pul topish uchun kelgan oilalardan faqat bittasi ishlamoqda, qolganlari esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.

“Rossiyaga ishlash uchun kelgan va patent olgan shaxslar oilasi, xotini, bolalari, ota-onasini olib kelish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Ulardan bir nafari ishlaydi, qolgani ishlamaydi. Migrantlar Rossiyaning ijtimoiy ta’minotiga - bepul maktab, bolalar bog‘chasi, tibbiy yordamga muhtoj. Buni vizasiz rejimni saqlab turgan holda amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu bois ham biz viza rejimini joriy qilishimiz kerak”, degan Matveyev.

Deputatga ko‘ra, agarda bunga vaqtida chora ko‘rilmasa, rossiyalik soliq to‘lovchilarda norozilik kayfiyati oshishi mumkin. Ya’ni ular o‘zlari to‘lagan soliqlari evaziga kam ta’minlangan muhojirlar yashashini istamaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya sobiq sovet respublikalarining barchasi bilan urishishga majbur bo‘lishini iddao qilgan edi. Fyodorov agar respublikalar diplomatik yo‘l bilan Rossiyaga qaytarilsa, harbiy mojarolarning oldi olinishi mumkinligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Migrantlar Davlat Dumasi Mixail Matveev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing