MIB xodimlari alimentdan qochgan erkak uchun “maxsus uchrashuv” uyushtirdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda qancha ona farzandlariga aliment to‘lab kelayotgani aytildi north_east

O‘zbekistonda qancha ona farzandlariga aliment to‘lab kelayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdordan pulni undirish uchun qiz bola rolini o‘ynab, “maxsus uchrashuv” tashkil qilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish uchun Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov bilan bog‘landi.

Uning ma’lum qilishicha, Shahrixon tumanida yashovchi qidiruvdagi erkak 1 yildan buyon voyaga yetmagan farzandini boqishdan bo‘yin tovlab kelgan va uning qarzdorligi 31 million so‘mga yetgan. MIB xodimlari qiz bola nomidan Telegramʼda u bilan romantik yozishmalarni boshlagan va qarzdor kafega taklif qilingan. Alimentchi ota bugun, 1 avgust kuni “uchrashuv”ga kelgan vaqtida qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib, parda ortiga yashiringan ota qamalgandi. O‘tgan yili Qashqadaryoda aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak uyidagi ko‘rpalar tagidan, Namanganda va Surxondaryoda uy yerto‘lasidan, Xorazmda tovuq fermasidan, Farg‘ona shahrida tungi klubdan, Andijonda xolasining va Buxoroda buvisining uyidan topilgandi. Shuningdek, ilgariroq Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bir farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota ukasining nikoh to‘yida ushlangandi. Andijon viloyatida esa aliment to‘lashdan qochib yurgan ota o‘z uyining qurilishi tugallanmagan hududida shifer ortidan topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon MIB aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing