Metroda jetonlardan foydalanish qachon butunlay to‘xtatilishi aytildi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020 4603 1 daqiqa
Avvalroq, 1 noyabrdan boshlab metroda jetonlardan foydalanish to‘xtatilishi xabar qilingandi.
“Toshkent metropoliteni” UK metro kassalarida jetonlar sotish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Ammo jetonlarning amal qilishi butkul to‘xtatib qo‘yilmadi.
“Jetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar, shu jumladan 31 dekabr kunida ham davom etadi. Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket mavjid”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, jetonlar bilan to‘lovni Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi “Yunusobod” va “Turkiston” stansiyalari bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval avtobuslarda ham maxsus jetonlardan 2021 yil 1 yanvargacha foydalanish mumkinligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi