Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida voyaga yetmagan qizga behayo harakatlar sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan ish ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida 2008 yilda tug‘ilgan A.E.ga nisbatan behayo harakatlar sodir etgandi. Shundan so‘ng u qidiruvga berilgandi.

IIV bugun, 23 sentyabr kuni qidiruvdagi shaxs qo‘lga olinganini, u Olmazor tumanida yashovchi, 1989 y.t., fuqaro K.Sh. ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, K.Sh. ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o‘g‘irlik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

1031

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing