Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida 2008 yilda tug‘ilgan A.E.ga nisbatan behayo harakatlar sodir etgan shaxs qidiruvga berilgani xabar qilingandi.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, qidirilayotgan shaxs Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989 y.t., fuqaro K.Sh. ekanligi aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Ma’lum qilinishicha, u ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o‘g‘irlik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan. 

Hozirda, IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan mazkur shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

971

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing