Buxorodagi portlash ortidan metan “zapravkalar” faoliyatiga cheklov qo‘yilmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 10 fevral kuni Buxoro viloyati hududidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan hamda yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng “zapravka”lar faoliyatida ham cheklovlar joriy etilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Aniqrog‘i, Energetika vazirligi holat bartaraf etilgunga qadar aholi va ijtimoiy ob’ektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublika hududlaridagi avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor shoxobchalariga vaqtincha cheklov kiritilishini bildirgandi. Keyinchalik rasmiy xabarning bu qismi o‘chirib tashlandi.

Qo‘shimcha o‘rganishlardan so‘ng respublikaning barcha “zapravka”lar faoliyati davom etishi belgilandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

“Qo‘shimcha o‘rganishlardan so‘ng, respublikamizning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda ishlashda davom etishi belgilandi. Ya’ni, ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, bu masalada biron-bir o‘zgarish bo‘lsa, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing