Metan “zapravka”lardagi cheklov vaqti e’lon qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar faoliyati cheklanishi boshlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu cheklovlarning kunlik grafigi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati tongi soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha bo‘ladi. Jamoat transportining uzluksiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida 21 ta AGTKSH tungi vaqtda ham ish faoliyatini davom ettiradi va jamoat transportini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, Andijon viloyatidagi 143 ta, Namangan viloyatidagi 134 ta, Xorazm viloyatidagi 94 ta AGTKSH faoliyati 05:00 dan 17:00 gacha qilib belgilangan. Farg‘ona viloyatidagi 173 ta, Sirdaryo viloyatidagi 53 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 124 ta AGTKSH faoliyati esa 06:00-18:00 oralig‘ida bo‘ladi. Navoiy viloyatidagi 51 ta va Buxoro viloyatidagi 95 ta “zapravka” 06:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatidagi 106 ta AGTKSH 06:00-17:00 oralig‘ida faoliyat olib boradi.

Bildirilishicha, bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing