“Metallurg” boshlig‘i “Mash’al” bosh murabbiyiga musht tushirdi (video)

Sport

image

O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan “Metallurg” va “Mash’al” o‘yinidan so‘ng, kutilmagan holat yuz berdi.

Gap shundaki, o‘yin yakunlangach, “Metallurg” klubi rahbari Shavkat Saidov kutilmaganda muborakliklar murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga musht tushirdi. Shundan so‘ng, “Metallurg” futbol klubi havfsizlikni ta’minlamangligi uchun Xomyakovning matbuot anjumanida qatnashmasligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘yin 2:1 hisobida “Mash’al” jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Samuel Chigozi va Shahzod Shaymanovning gollariga “Metallurg”dan Shahzodbek Nurmatov javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Mash’al” 16 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bekobodliklar hisobida ham 16 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Superligasi Metallurg Mash'al Aleksandr Xomyakov Shavkat Saidov

Baholaganlar

691

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing