O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi klubidan haydaldi

Sport

image

Joriy mavsum boshidan beri “Qizilqum” tarkibida harakat qilib kelayotgan himoyachi Dilshod Komilov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi klub rahbariyati qarori bilan bir tomonlama bekor qilindi. Bunga futbolchining O‘zbekiston Superligasi doirasidagi “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘yinda bosh murabbiy qaroriga bo‘ysunmagani sabab bo‘ldi.

“Dilshodning Superliga 21-turi doirasida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi kechgan bahsdagi professional futbolchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari muxlis-u mutaxassislar va keng jamoatchilikning e’tiroziga sababchi bo‘ldi”, deyiladi klubning rasmiy bayonotida. 

Gap shundaki, O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” va “Qizilqum” o‘rtasidagi bellashuvning 57-daqiqasida “Qizilqum” bosh murabbiyi Akmal Rustamov himoyachi Dilshod Komilovni almashtirishga qaror qilgan. Biroq Komilov maydonni tark etishdan bosh tortgan va jamoadoshlarining chaqiriqlariga qaramay o‘yinni davom ettirgan. Oradan uch daqiqa o‘tgach, Rustamov yana o‘sha o‘zgarishni amalga oshirishga urinib ko‘rgan, ammo Komilov bu safar ham qarorga itoat etmagan. Bu vaziyatda murabbiy qattiq g‘azablangan. Dilshod Komilovning o‘rniga maydonga tushishi kerak bo‘lgan 22 yoshli hujumchi Bobomurod Bozorov taxminan 20 daqiqa davomida zaxirada qolgan. Unga jamoadoshlari va murabbiylar shtabi tomonidan tinchlantiruvchi so‘zlar aytilgan. Faqatgina 83-daqiqada Bozorov Jaba Jigauri o‘rniga maydonga tushgan. Komilov esa uchrashuvni oxirigacha davom ettirgan.

O‘yinda “Qizilqum” 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, jamoaning 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlangan.

Ma’lumot uchun, Dilshod Komilov Timur Kapadzening CAFA Nations Sup-2025 uchun kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgan edi. Himoyachi guruh bahslarida Turkmaniston va finalda Eron bilan o‘yinlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibida uchrashuvlarni o‘tkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Superligasi “Qizilqum” Dilshod Komilov haydaldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing