O‘zbekiston chempionati Osiyoning eng kuchli ligalari to‘rtligida qayd etildi

Sport

image

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2023 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingini e’lon qildi. Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi Osiyo ligalari orasidagi 4-o‘rnini saqlab qoldi.

Osiyoning eng kuchli ligasi sifatida Janubiy Koreya chempionati qayd etildi. Kuchli uchlikdan Saudiya Arabistoni va Yaponiya ligalari joy oldi. 

Umumiy chempionatlar reytingida esa O‘zbekiston chempionati 2022 yildagi o‘rnidan 10 pog‘ona pastlab, 67-o‘rinni egalladi. 

Qayd etish joiz, O‘zbekiston chempionati 2022 yil yakunlariga ko‘ra ham Osiyoning eng kuchli 4-ligasi sifatida qayd etilgandi. 

2023 yilning eng kuchli chempionatlar jadvalida Italiya A Cyeriyasi 1-o‘rinni band etdi. Bu borada 2-o‘rin Angliya Premer ligasiga, 3-o‘rin Ispaniya La Ligasiga nasib etdi. Kuchli beshlikka Braziliya va Germaniya birinchiliklari kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Superligasi Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing