Rossiya universitetlaridan 600 dan ortiq tojikistonlik talaba haydaldi

Olam

image

2025 yilda Rossiya oliy o‘quv yurtlaridan 600 nafardan ortiq Tojikistonlik talaba chetlatilgan. Bu haqda joriy yilning 30 yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tojikiston Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Lutfiya Abdulxoliqzoda ma’lum qildi.

Abdulxoliqzoda chetlatilgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun Tojikiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilganini bildirgan.

Shuningdek, uning aytishicha, so‘nggi ikki yil davomida migratsiya siyosati qat’iylashtirilgani sababli Rossiyaga kiritilmagan talabalar masalasida Rossiya vakolatli organlari bilan birgalikda yechim topilgan. Bu masala Tojikiston va Rossiya idoralararo komissiyasining barcha manfaatdor idoralar vakillari ishtirokidagi uchrashuvida muhokama qilingan.

“Uchrashuv yakunida Rossiya aeroportlaridan deportatsiya qilingan va keyinchalik oliy o‘quv yurtlaridan chetlatilgan talabalar haqida ma’lumot taqdim etildi. Natijada so‘nggi ikki yil ichida chetlatilgan 730 nafar talaba Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirish uchun taklifnomalar oldi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yil boshiga kelib Rossiya hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar soni 5,7 million kishigacha kamaygani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya universitet haydaldi tojikistonlik talaba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing