Meta Twitter'ga raqobatchi ilovani ishga tushirdi

Texnologiya

image

Amerikaning Meta korporatsiyasi milliarder Ilon Maskga tegishli Twitter ijtimoiy tarmog‘ining analogiga aylanadigan yangi Threads matnli xabarlar xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda Meta saytida ma’lum qilindi.

Threads ilovasi bu bugungi dolzarb mavzulardan to ertangi tendensiyalargacha bo‘lgan hamma narsani muhokama qilish uchun jamoalar yig‘iladigan joy. Ilova 30 dan ortiq tillarni, jumladan, ingliz, xitoy va rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mavzulardagi xabarlar uzunligi 500 belgigacha bo‘lishi mumkin va havolalar, fotosuratlar va besh daqiqagacha bo‘lgan videolarni o‘z ichiga oladi. Siz Instagram akkauntingiz yordamida ilovaga kirishingiz mumkin, shuningdek, u yerdagi obunalaringizni ham o‘tkazishingiz mumkin.

Ilova amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Twitter'ga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Interfeysning Twitter'ga o‘xshash xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, unda foydalanuvchilarga ko‘k “galochka” beriladi.

Meta rahbari Mark Sukerbergning aytishicha, dastlabki to‘rt soat ichida yangi tarmoqda 5 million akkaunt yaratilgan. Ilovani bugundan Appstore'da yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning ikki texnologik giganti, Twitter va Meta egalari Ilon Mask hamda Mark Sukerberg o‘rtasida qafas jangi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Ular o‘rtasidagi jang Italiyaning Kolizey amfiteatrida o‘tkazilishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Meta Threads

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing