Ilon Mask Mark Sukerberg bilan qafasda jang qiladi

Bu qiziq

image

Dunyoning eng yirik texnolgik giganti – Twitter va Meta egalari Ilon Mask hamda Mark Sukerberg o‘zaro qafas jangini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda BBC xabar berdi

Qayd etilishicha, Ilon Mask Twitter'da Mark Sukerberg bilan qafas jangiga tayyorligini yozgan. Shundan so‘ng, Sukerberg uning tvitidan olingan skrinshotni o‘zining Instagram storisiga “Manzilni yubor” chaqirig‘i bilan birga joylashtirgan. Bunga javoban Mask, jang manzilini “Vegas Oktagon” deya belgilagan. Bu joy AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi mashhur oktagon bo‘lib, unda Ultimate Fighting Championship (UFC) janglari o‘tkaziladi. 

Shu oy 52 yoshni qarshilaydigan Mask o‘zning “Morj” deb atalgan jang uslubi borligini, mazkur uslub shunchaki raqibning ustiga yotib olib, hech narsa qilmaslikdan iborat ekanini yozgan. Shundan keyin u tvit ostiga morjning qisqa videolarini joylagan. Bu uning Sukerberg bilan jang qilish xohishi unchalik jiddiy emasligini ham anglatishi mumkin. 

"Men deyarli hech qachon shug‘ullanmayman, faqat bolalarimni ko‘tarib, havoga uloqtiraman", deb yozadi milliarder. 

Uning 39 yoshli raqibi Sukerberg esa anchayin jiddiy “jangchi” bo‘lib, allaqachon aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha shug‘ullangan, shuningdek, yaqinda jiu-jitsu turnirlarida ham g‘olib chiqqan. 

BBC nashri jang bo‘yicha izoh olish maqsadida murojaat qilganida, Twitter hech qanday izoh bermagan. 

Tarmoqda esa ikki milliarderning jangi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Hatto, ba’zilar tomonidan jang afishalari va memlar ham tarmoqqa joylashtirilyapti. 

Ma’lumot uchun, Mask va Sukerbergning ehtimoliy jismoniy raqobati ularning faoliyatidagi “poyga” tufayli ham kelib chiqayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki Sukerberg egalik qiladigan Meta yaqinda Twitter va boshqa matnli ijtimoiy tarmoq platformalariga raqobat tug‘diruvchi yangi platforma yaratish ustida ishlanayotganini e’lon qilgandi. Maskning Twitter'ni qabul qilganidan so‘ng unda amalga oshirgan ba’zi o‘zgarishlari, jumladan, tasdiqlanganlik belgisi uchun pullik obunalar va shu kabi boshqa islohotlar ko‘pchilik foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘layotgan bir paytda yangi platforma Twitter foydalanuvchilarining katta qismini ham “tortib olishi” mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Mark Tsukerberg qafas jangi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing