Meta Norvegiyaga har kuni 100 ming dollardan jarima to‘laydi – “Reuters”

Texnologiya

image

Facebook platformasiga egalik qiluvchi Meta korporatsiyasi Norvegiyada maxfiylik shartlarini buzgani uchun joriy yilning 14 avgust kunidan boshlab har kuni 100 ming dollardan jarima to‘laydi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi

Qayd etilishicha, regulyator Datatilsynet joriy yilning 17 iyul kuni aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmasa, kompaniya jarimaga tortilishini ma’lum qilgan. 

“Meta Norvegiyada foydalanuvchilarning ma’lumotlarini, masalan, ularning jismoniy joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni to‘play olmaydi va undan maqsadli reklama uchun foydalanmaydi”, deydi Datatilsynet xalqaro bo‘limi rahbari Tobias Judin. 

Agar talablar bajarilmasa, Meta 14 avgustdan boshlab har kuni 1 million Norvegiya kronasi (98,5 ming AQSH dollari) miqdorida jarima to‘laydi. Jarima 3 noyabrgacha amal qilishi belgilangan. Ammo regulyator o‘z qarorini Yevropa ma’lumotlarni himoya qilish kengashiga taqdim etish orqali uni doimiy qilib qo‘yishi mumkin. Agar kengash Norvegiya regulyatorining qaroriga rozi bo‘lsa, u jarimani istalgan muddatga uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Twitter'ga raqobatchi ilovani ishga tushirgandi. Twitter esa buning uchun Meta'ni sudga bermoqchi ekanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Norvegiya Meta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made