6 yillik nizo: Google 403 mln yevro jarimaga tortildi

Olam

image

Irlandiyada Google kompaniyasi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish regulyatori o‘rtasidagi olti yillik nizoga chek qo‘yildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Google Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) tomonidan 403 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Texnologik gigant foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borgan va saqlagan.

“Tergovchilar Google’ning uchta funksiyasini – “Internet va ilovalardagi harakatlar”, “Joylashuvlar tarixi” va “Joylashuv aniqligi”ni o‘rganib chiqdi. DPC Google qayta-qayta GDPR talablarini buzganini aniqladi.

Kompaniya joylashuv haqidagi ma’lumotlarni noqonuniy va insofsizlik bilan qayta ishlagan hamda qonuniylik, insoflilik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilganini tasdiqlay olmagan”, deyiladi xabarda.

DPC, shuningdek, Google foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni zarur bo‘lganidan ortiqroq muddat davomida saqlaganini aniqlagan. Jarimadan tashqari, DPC Google zimmasiga olta oy muddat ichida ma’lumotlarni qayta ishlash amaliyotini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish majburiyatini yuklagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning 29 ta shtati Meta Platforms kompaniyasini Facebook va Instagram platformalarini bolalar hamda o‘smirlarda qaramlik keltirib chiqaradigan va ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tarzda ishlab chiqqanlikda ayblab, sudga da’vo arizasi kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing