Mesut O‘zil suriyalik bolalarga yordam bermoqchi

Sport

image

Germaniyalik taniqli futbolchi, Londonning “Arsenal” klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil suriyalik bolalarni operatsiya qilish uchun pul ajratmoqchi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan. 

“Biz 1000 ga yaqin suriyalik bolalarning jarrohlik amaliyoti xarajatlarini to‘laymiz”, deb yozadi futbol yulduzi. 

U “BigShoe” xayriya tashkiloti bilan birgalikda urushdan jabr ko‘rgan suriyalik bolalarga oziq-ovqat yetkazib berishga tayyor ekanligini ham qo‘shimcha qilgan. 

Mesut O‘zil “BigShoe” xayriya tashkilotining homiylaridan biri. U Germaniya va Shveysariya shifokorlari ko‘magida boquvchisini yo‘qotgan va urushdan jabr ko‘rgan bolalarga zarur bo‘lgan yordamlarni berib keladi

Dunyoning nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin olgan Mesut O‘zil joriy yilning 7 iyun kuni uylangan edi. Uning to‘yi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tdi. Marosimda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etgandi. O‘shanda O‘zil to‘yiga Istanbulda istiqomat qilib kelayotgan boquvchisini yo‘qotgan va uysiz suriyalik bolalarni ham taklif etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mesut O'zil

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing