O‘zil deputatlikka nomzodini qo‘ymoqchi
Sport
−
10 aprel 2023 5836 1 daqiqa
Yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan turkiyalik mashhur futbolchi Mesut O‘zil Turkiya parlamenti deputati bo‘lishi mumkin. Bu haqda 9 aprel kuni “Haber 7” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zil Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an raisligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasidan parlamentga nomzod bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 34 yoshli sobiq futbolchi Istanbuldan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayga belgilangan. Erdo‘g‘anning asosiy raqibi – “Respublika ittifoqi”dan yagona nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li hisoblanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust