Mesut O‘zil ota bo‘ldi
Sport
−
31 mart 2020
7426Angliyaning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi, Germaniya terma jamoasi vakili 31 yoshli Mesut O‘zil ilk bor ota bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Qizimiz Eda sog‘-salomat dunyoga keldi, shukrlar bo‘lsin. Robbim bizga va atrofdagilarga foydali bir farzand bo‘lishini nasib qilsin”, degan O‘zil.
Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil 2019 yil iyun oyida oila qurgandi. Ularning nikoh marosimida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etgandi.
O‘zil Germaniya terma jamoasi tarkibida 2009 yildan beri o‘ynaydi. U 2014 yilda terma bilan jahon chempioni ham bo‘lgan. Xavbek terma safida 92 o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023