Messidan ikki baravar arzon jamoa Argentinani mag‘lub etdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasidagi o‘yinda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Saudiya Arabiston terma jamoasining umumiy narxi 25,4 million yevroni tashkil etadi, taqqoslash uchun argentinalik hujumchi Lionel Messining transfer qiymati 50 million yevroga baholangan. Argentina terma jamoasining umumiy qiymati 633,2 million yevro. Lotin Amerikasi jamoasining tarkibi qiymati Saudiyanikidan 25 baravar qimmatroq.

Argentina va Saudiya Arabistoni Meksika va Polsha bilan birga S guruhidan joy olgan. Meksika Polshaga qarshi bugun, 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Argentina

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing