Messi Ronalduning Instagram'dagi rekordini yangiladi
Sport
−
20 dekabr 2022 13911 1 daqiqa
Argentinalik futbolchi Lionel Messining Jahon kubogi bilan tushgan suratiga Instagram'da 43 milliondan ortiq "yoqdi" tugmasi bosildi, bu natija sportchilar orasida rekord hisoblanadi. Bu haqda 19 dekabr kuni Italiyaning "Tuttosport" nashri xabar berdi.
Argentina Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2, qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida argentinaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi. Messi finalda ikkita gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Jahon chempionlari! Men buni orzu qilardim. Oilamga, meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga, shuningdek, bizga ishonganlarga katta rahmat", deb yozdi Messi.

Messi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi. Gap shundaki, Ronaldu noyabr oyida Messi bilan "Louis Vuitton" chamadonida shaxmat o‘ynayotgan suratini Instagram'ga joylagandi. Ronalduning o‘sha posti 41,9 milliondan ortiq "layk" to‘plagan.
Live
Barchasi