Messi bilan shartnomani e’lon qilganning “Barselona“da kelajagi yo‘q – Kuman

Sport

image

Avvalroq, “Barselona” klubi va jamoa forvardi Lionel Messi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini aks ettiruvchi suratlar Ispaniya nashrlarida tarqalib ketgani haqida xabar bergan edik. Messining ushbu shartnomaga ko‘ra, belgilangan yirik maoshi klub moliyaviy muammolarining sababi sifatida ko‘rilyapti.

Ushbu axborotning tarqalib ketishi yuzasidan klub bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  

“Kim Messining shartnomasini e’lon qilgan bo‘lsa, uning  “Barselona”da kelajagi bo‘lmaydi. Matbuotda Messi haqida yozilganlarning hammasi yovuzlik bilan qilingan. Bu qanday qilib matbuotda paydo bo‘lganini tushunishga harakat qilishimiz kerak.

Shu bilan birga, bor e’tiborimizni mavsumga qaratishimiz lozim. So‘nggi paytlarda jamoa yaxshi harakat qilmoqda. Ko‘plab uchrashuvlarda g‘alaba qozondik. Biz shartnoma bilan bog‘liq masalaga e’tibor qaratishimiz shart emas, ammo “Barselona” va Messiga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlar bor”, deydi jamoa bosh murabbiyi Kuman.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda “Barselona”ning 1,2 milliarddan oshiq qarzi bor va klub bankrotlik yoqasida. Ushbu qarzning katta qismi futbolchilarning oylik maoshlari hisobiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi “Barselona“ Kuman

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing