“Barselona”ni barbod qiluvchi shartnoma”. Messi 4 yilda qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
31 yanvar 2021 18453 1 daqiqa
“Barselona”ni barbod qiluvchi shartnoma” – Lionel Messining katalon klubi bilan shartnomasini qo‘lga kiritgan “El Mundo” gazetasi bugun, 31 yanvar kuni shunday sarlavha bilan chop etildi.
Hech kimga sir emaski, hozir “Barselona” jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan. Messining shartnomasida ko‘rsatilgan raqamlar katalonlarning moliyaviy muammolariga argentinalikning mislsiz gonorari sabab bo‘lganini tasdiqlaydi.
2017 yilda “Barselona” bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, Messi 4 yilda jami 555 million yevro ishlab oladi. Bu yiliga o‘rtacha 138 million yevroga teng. Buning ichiga shartnoma imzolagani uchun 115 million va sadoqat uchun 78 million yevro bonus ham kiritilgan.

“Barselona” ma’muriyati nashr Messi bilan shartnomasining moliyaviy jihatlarini e’lon qilgani uchun “El Mundo” gazetasini sudga berishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Messining “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha davom etadi. Shundan so‘ng, u erkin agentga aylanishi mumkin. Avvalroq, argentinalik karerasini PSJda davom ettirishi mumkinligini aytilgandi.