“Barselona” klubida 1,2 mlrd yevro qarzdorlik aniqlandi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi moliya hisob-kitoblarida 1,2 milliard yevro miqdoridagi qarzdorlik aniqlangan. Bu haqda “Goal” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona”ning 1,2 milliard yevro va yana 730 million yevro miqdoridagi qisqa muddadli qarzi bor. Klub harajatlarining katta qismi, aniqrog‘i 74 foizi futbolchilarning oylik maoshlari hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Xabarga ko‘ra, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma shartlari “Barselona”da katta moliyaviy qiyinchilik va jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Bundan tashqari, “Barselona” so‘nggi yillarda amalga oshirgan transferlari uchun boshqa klublardan 126 million yevro miqdorida qarz bo‘lib qolgan. Jumladan, klub Filippe Koutino uchun “Liverpul”ga 29, Frenki de Yong uchun “Ayaks”ga 16 va Malkom uchun “Bordo”ga 10 million yevro miqdoridagi pul summalarini to‘lab berishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona qarzdorlik

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing