Merkel koronavirus vaksinasining narxini taxmin qildi
Salomatlik
−
02 may 2020
18008Koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun taxminan 8 milliard yevro kerak bo‘ladi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Germaniya kansleri Angela Merkel ma’lum qildi.
Merkelning so‘zlariga ko‘ra, nemis mutaxassislari koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun sarf-xarajatlarni 8 milliard yevroga baholamoqda. Ushbu xarajat ichiga olimlar ish haqqi va laboratoriya xarajatlar kiritilganmi yo‘qmi ma’lumot berilmagan.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq, Merkel Germaniya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishini e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, ishlab chiquvchilar shu yil oxirigacha chiqarilishi mumkin bo‘lgan vaksinalarni tayyorlashga shoshilishmoqda. Avvalroq, Oksford universiteti olimlari vaksinani iyun o‘rtalarida ishlab chiqarish mumkinligini aytishgan edi. Xitoy olimlari esa vaksinani maxsus odamlar uchun sentyabrda qo‘llash mumkinligini aytdi. Shuningdek, AQSH yetakchi mutaxassisi mamlakatda vaksina yil oxirigacha millionlab dozada ishlab chiqarilishini e’lon qildi.