Merkel Guterrishning taklifini rad etdi

Olam

image

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel (2005-2021) BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning tashkilot tuzilmasi bo‘yicha yuqori darajali maslahatchi bo‘lish taklifini rad etdi. Bu haqda bugun, 19 yanvar kuni DPA agentligi sobiq hukumat rahbari byurosiga tayanib, xabar berdi.

Merkel “bosh kotib bilan shu mavzuda telefon orqali suhbatlashdi, unga minnatdorlik bildirdi, ammo taklifni qabul qilmasligini aytdi”, deb ta’kidladi sobiq kansler idorasi.

Avvalroq, Antoniu Guterrish Angela Merkelga global jamoat mollari bo‘yicha yuqori darajadagi maslahat organiga raislik qilish taklifini bildirgandi.

Merkel 16 yil davomida kansler lavozimida ishlagan. 2018 yilda u beshinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi. 2021 yil dekabrida u Germaniya hukumati rahbarligidan rasman ketdi.

Sobiq kansler iste’foga chiqqanidan keyin siyosiy lavozimlarda ishlamoqchi emasligini bir necha bor aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Angela Merkel'

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing