Merey Omonboyeva ishi sudda ko‘riladi
3-sahifa
−
13 Sentabr
25352Joriy yilning aprel oyida Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Endilikda mazkur ish sudda ko‘rib chiqiladi. Oliy sud portalidagi tegishli jadvalda sud majlisi belgilangan sana ko‘rsatildi.
Bildirilishicha, Merey Omonboyevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 18 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida sudya Alisher Saydullayev raisligida ko‘rila boshlaydi.
Omonboyeva Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi a-bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda, u Navoiy shahar hokimi orqali yer maydoni olib berishni va’da qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgani aytilgandi.
QALAMPIR.UZ bilan suhbatda Omonboyeva qandaydir tushunmovchilik sodir bo‘lgani, yer maydoni olib berishni va’da qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgani haqidagi gaplarni esa tuhmat deb hisoblashini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Merey Omonboyeva 1997 yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. U 2020 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Omonboyeva 2024 yil 6 mart kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. Tayinlovga qadar Navoiy shahri “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.
2021 yilning avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan tadbirda Merey Omonboyeva so‘zga chiqib, Prezidentning viloyatga kelganidan “dux” olganini aytgandi. Unga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil hadya qilingan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr