Mening qizlarimdan biri shu vaksina bilan emlandi – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizi yangi koronavirusga qarshi vaksinani o‘zida sinab ko‘rdi. Bu haqda Putinning o‘zi ma’lum qildi deya xabar berdi RIA Novosti.

“Mening qizlarimdan biri shu vaksinaga emlandi. U sinovda ishtirok etdi”, dedi Putin hukumat yig‘ilishida. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vaksina yuborilgan kuni qizida harorat 38 darajaga ko‘tarilgan. Keyingi kun esa 37 darajadan yuqoriroq bo‘lgan. Shu bilan isitma o‘tib ketgan.

Ammo vaksinani tayyorlagan Gamalei nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg Putinning qizi qanday qilib emlanganidan xabari yo‘qligini aytib o‘tdi.

“Aftidan, ko‘ngilli bo‘lgan, men pasportlarni ko‘rmagandim. Barcha ko‘ngillilarni yuzidan tanimayman. Men sizlardan endi eshityapman”, degan Ginsburg

Avvalroq, Putin Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning aytishicha, preparat samarali va xavfsizligi isbotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing